allmed.pro allmed.pro
Vitamin va minerallar
Immunitet, energiya, salomatlik, asab tizimi va organizmning umumiy tonusini qo'llab-quvvatlash uchun vitaminlar va minerallar. KO'RISH

Shifokor maslahati

NEW
Barcha maslahatlar

Chabrets o‘ti

Serpylli herba

Аналоги (jeneriklar, sinonimlar)

Timyan polzuchiy o‘ti

Ta'sir etuvchi modda

Farmakologik guruh

Shu farmakologik guruhga mansub

Lotin tilidagi retsept

Recipe: Radicis Altheae
Radicis Glycyrrhizae ana 10,0
Herbae Thymi 40,0
Misce fiant species. Da . Signa.

Rр. "Serpylli herba" 50,0
D.S. Ichga 1 osh qoshiq damlama  2-3 marta kuniga ovqatdan oldin qabul qilinadi

Farmakologik xossalar

Chabrets o‘ti damlamasi balg‘am ko‘chiruvchi, antimikrob ta'sir ko‘rsatadi.

Farmakodinamika

Ma'lumot yo‘q

Farmakokinetika

Ma'lumot yo‘q

Qo'llash usuli

Kattalar uchun:

Maydalangan xomashyo. Taxminan 10 g (2-3 osh qoshiq) chabrets o‘ti emallangan idishga solinadi, 200 ml (1 stakan) issiq qaynatilgan suv quyiladi, qopqoq bilan yopiladi va qaynoq suv hammomida 15 daqiqa davomida damlanadi, xona haroratida 45 daqiqa sovutiladi, ikki qavatli doka orqali suziladi, qolgan xomashyo siqib olinadi. Olingan damlama hajmi qaynatilgan suv bilan 200 ml ga yetkaziladi.
Ichga 1 osh qoshiqdan 2-3 marta kuniga ovqatdan oldin qabul qilinadi. Davolash kursi 2-3 hafta.
Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqni chayish uchun 1/2 - 1 stakan iliq holda 3-4 marta kuniga qo‘llaniladi. Damlama qo‘llashdan oldin chayqatish tavsiya etiladi.

Kukun. 1 filtr-paket shisha yoki emallangan idishga solinadi, 100 ml (1/2 stakan) qaynoq suv quyiladi, yopiladi va 15 daqiqa davomida damlanadi. Filtr-paket siqib olinadi, olingan damlama hajmi qaynatilgan suv bilan 100 ml ga yetkaziladi.
Ichga 1/2 stakan 2-3 marta kuniga qabul qilinadi. Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqni chayish uchun 1/2 - 1 stakan iliq holda 3-4 marta kuniga qo‘llaniladi. Damlama qo‘llashdan oldin chayqatish tavsiya etiladi.

Ko'rsatmalar

Nafas yo‘llarining infeksion-yallig‘lanish kasalliklari (traxeitlar, bronxitlar, bronxopnevmoniyalar).
Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning yallig‘lanish kasalliklari (faringitlar, tonzillitlar, stomatitlar, gingivitlar).

Qarshi ko'rsatmalar

- Jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi,
- giperasid gastrit,
- oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yarasi,
- homiladorlik,
- laktatsiya davri (emizish),
- o‘simlik xomashyosiga yuqori sezuvchanlik.

Maxsus ko'rsatmalar

Ma'lumot yo‘q

Nojo'ya ta'sirlar

Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Agar Sizda ko‘rsatilgan nojo‘ya ta'sirlar kuzatilsa yoki ular kuchaysa, yoki Siz ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.

Dozaning oshib ketishi

Ma'lumot yo‘q

Dorilarning o'zaro ta'siri

Ma'lumot yo‘q

Chiqarilish shakli

Maydalangan xomashyo 35 g yoki 50 g karton qutilarda ichki paket bilan.
Kukun filtr-paketlarda 1,5 g; karton qutida 10 yoki 20 dona.
Проверено специалистом Проверено специалистом
Врач-терапевт
Врач-терапевт с многолетним практическим опытом в скорой помощи, участковой и семейной медицине.
Стаж работы более 51 год
Ushbu ma'lumot foydali bo'ldimi?
Chabrets o‘ti
Baho bering!
5.0
5 из 5 asosida 1 sharh
Allmed PRO - мобильное приложение для скачивания