Kascebene
Kascebene
АТХ код:
Аналоги (jeneriklar, sinonimlar)
Bronxobos, Karbotsistein, Libeksin Muko, Fluifort, Flyuditek, Tsitobronxo
Ta'sir etuvchi modda
Farmakologik guruh
Shu farmakologik guruhga mansub
Lotin tilidagi retsept
Rp.: "Kascebene" 375 mg
D.t.d. № 30 in caps.
S. Ichkariga, kuniga 3 marta 2 kapsuladan, ovqatlanishdan qat'i nazar
D.t.d. № 30 in caps.
S. Ichkariga, kuniga 3 marta 2 kapsuladan, ovqatlanishdan qat'i nazar
Farmakologik xossalar
Mukolitik, balg'am ko'chiruvchi.
Farmakodinamika
Ta'siri bronxlarning shilliq qavati goblet hujayralarining fermenti - sial transferaza faollashuvi bilan bog'liq. Bronx sekreti tarkibidagi kislotali va neytral sialomutsinlarning miqdoriy nisbatini normallashtiradi. Bronx sekreti va burun yondosh bo'shliqlaridan ajraladigan shilliqning yopishqoqligini kamaytiradi, balg'am va shilliqni chiqishini osonlashtiradi, yo'talni kamaytiradi. Shilliq qavatni regeneratsiyasiga yordam beradi, uning tuzilishini normallashtiradi, kiprikli epiteliy faoliyatini faollashtiradi. Immunoglobulin IgA (spetsifik himoya) sekretsiyasini va shilliq komponentlarining sulfgidril guruhlar miqdorini (nospetsifik himoya) tiklaydi, mukotsiliar klirensni yaxshilaydi.
Farmakokinetika
Karbotsistein ichkariga qabul qilingandan keyin tez so'riladi. Biologik mavjudligi past (qabul qilingan dozaning 10% dan kam). Qon zardobida va nafas yo'llari shilliq qavatida maksimal konsentratsiyaga 2-3 soat ichida erishiladi va shilliq qavatda 8 soat davomida saqlanadi. Jigarda metabolizmga uchraydi (jigar orqali "birinchi o'tish" effekti mavjud). Asosan buyraklar orqali chiqariladi, qisman o'zgarmagan holda, qisman metabolitlar shaklida. Yarim chiqarilish davri taxminan 2 soat.
Qo'llash usuli
Kattalar uchun:
Ichkariga qabul qilish uchun.
Kattalar, 15 yoshdan katta o'smirlar: 750 mg (2 kapsula) kuniga uch marta.
Terapetik ta'sirga erishilgandan so'ng, kunlik doza 1,5 g ga kamaytiriladi: 750 mg (2 kapsula) kuniga ikki marta. Davolash shifokor bilan maslahatlashmasdan 8-10 kundan ortiq davom etmasligi kerak.

Ko'rsatmalar
Qalin, ajralishi qiyin balg'am hosil bo'lishi bilan kechuvchi o'tkir va surunkali bronx-o'pka kasalliklari (traxeit, bronxit, traxeobronxit, bronxial astma, bronxoektatik kasallik) va shilliq (o'rta quloq, burun va uning yondosh bo'shliqlarining yallig'lanish kasalliklari - rinit, o'rta otit, sinusit); bronxoskopiya va/yoki bronxografiyaga tayyorgarlik.
Qarshi ko'rsatmalar
- Karbotsistein yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- oshqozon va o'n ikki barmoq ichak yarasi kasalligi (o'tkir davrda);
- surunkali glomerulonefrit (o'tkir fazada);
- tsistit;
- 15 yoshgacha bo'lgan bolalar yoshi;
- homiladorlik (I trimestr).
Diqqat bilan:
Surunkali glomerulonefrit (anamnezda), oshqozon va o'n ikki barmoq ichak yarasi kasalligi (anamnezda), homiladorlik (II - III trimestrlar) va emizish davrida, keksa yoshda, me'da-ichak qon ketishi xavfini oshiruvchi dori vositalarini bir vaqtda qabul qilishda preparatni qabul qilishda ehtiyot bo'lish kerak.
Maxsus ko'rsatmalar
Keksa yoshdagi bemorlarda, anamnezda oshqozon va o'n ikki barmoq ichak yarasi kasalligi bo'lganlarda, me'da-ichak qon ketishi xavfini oshiruvchi dori vositalarini bir vaqtda qabul qilishda karbotsisteinni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Me'da-ichak qon ketishi rivojlanganida karbotsistein qabul qilishni to'xtatish kerak.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Karbotsistein bilan davolanish davrida transport vositalarini boshqarishda va boshqacha xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda bosh aylanishi va holsizlik rivojlanishi mumkinligi sababli ehtiyotkorlik talab etiladi.

Nojo'ya ta'sirlar
Ovqat hazm qilish tizimidan: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, epigastriyadagi og'riq, me'da-ichakdan qon ketishi.
Immun tizimidan: allergik teri toshmasi va anafilaktik reaktsiyalar, jumladan eshakemi, angionevrotik shish, qichishish, ekzantema, doimiy dori toshmasi.
Teri va teri osti to'qimalaridan: bulloz dermatit, Stivens-Jonson sindromi.
Umumiy reaktsiyalar: bosh aylanishi, holsizlik, noqulaylik.

Dozaning oshib ketishi
Belgilari: gastralgiya, ko'ngil aynishi, diareya.
Davolash: simptomatik.
Davolash: simptomatik.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Karbotsistein yuqori va pastki nafas yo'llarining infeksion-yallig'lanish kasalliklarini davolashda GKS va antibakterial preparatlar terapiyasining samaradorligini oshiradi.
Karbotsistein teofillin bronxolitik ta'sirini kuchaytiradi.
Karbotsistein ta'sirini yo'talga qarshi va m-xolinobloklovchi vositalar susaytiradi.
Karbotsistein teofillin bronxolitik ta'sirini kuchaytiradi.
Karbotsistein ta'sirini yo'talga qarshi va m-xolinobloklovchi vositalar susaytiradi.
Chiqarilish shakli
375 mg kapsulalar.
10 kapsuladan alyuminiy folga va PVX/PVDX plyonkadan tayyorlangan perforatsiyalangan blisterda.
3 blister qo'llanma bilan birga karton qutiga joylashtiriladi.
10 kapsuladan alyuminiy folga va PVX/PVDX plyonkadan tayyorlangan perforatsiyalangan blisterda.
3 blister qo'llanma bilan birga karton qutiga joylashtiriladi.